date

Kompani Bavariyada kim bilan ishlashni istashini aytdi

Kompani Bavariyada kim bilan ishlashni istashini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga qaysi futbolchini olib kelishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi futbolchilar bilan samarali ishlashdan iborat, transfer masalalarida esa klubda boshqa mas'ullar ham bor. "Mening vazifam — bizdagi futbolchilar eng yaxshisi ekanini aytish va ular bilan ishlash. Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan ishlashni xohlayman. Yozda nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Vensan Kompani "Bavariya"ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesliga va Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyada kim bilan ishlashni istashini aytdi