Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina grandi “Boka Huniors” klubida yangi sport direktori tayinlandi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avval “Barselona” safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Boka Huniors” tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Endi Delgado va Rikelme dueti jamoaga zarur transferlarni amalga oshirish hamda klubning sport yo‘nalishidagi rejalarini jadallashtirish ustida ishlaydi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!