Bubnov Rossiya terma jamoasi hozir kerak emas deb hisoblaydi

Futbol eksperti Aleksandr Bubnov Rossiya terma jamoasining hozirgi sharoitdagi o'rtoqlik uchrashuvlari haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, hozir terma jamoani yig'ish va o'yinlar o'tkazishning amaliy foydasi yo'q: rasmiy turnirlarga qaytishga ruxsat berilsa ham, tayyorgarlik ko'rish uchun kamida ikki yil vaqt bo'ladi. Bubnov reyting masalasini ham ahamiyatsiz deb atadi: uning fikricha, Rossiya baribir kuchsizlar qatorida qoladi va o'n pog'ona yuqorilash real emas. Bu fikrlarni u «Komment.Shou» kanalida aytdi.
Ekspertning qo'shimcha qilishicha, hozir terma jamoada sinab ko'rilayotgan futbolchilarning bir qismi ruxsat berilgan paytda maydonga tushmasligi ham mumkin. Bubnov RFU yig'inlar va tashkiliy ishlar uchun mablag'ni bekorga sarflayotganini ta'kidlab, bu pulni bolalar futbolini rivojlantirishga yo'naltirish ma'qul ekanini urg'uladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!