Flik Barselona mudofaasini yangilash uchun Shlotterbekni tanladi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning himoya chizig‘idagi o‘yinidan qoniqmayapti. Nemis mutaxassisi mudofaa bo‘g‘inida jiddiy o‘zgarishlar zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Flik transfer bozorida “Borussiya” himoyachisi Niko Shlotterbek uchun kurashishni qat’iy talab qilmoqchi. Murabbiy bu boradagi pozitsiyasini sport direktori Dekkuga yetkazadi.
Ushbu vaziyatdan “Real” zarar ko‘rishi mumkin: so‘nggi paytlarda madridliklar ham Shlotterbek bilan faol tarzda bog‘lanayotgani haqida xabarlar ko‘paygan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli Niko Shlotterbekning bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing