Yelagin Fenerbahche va Nottingham Forest o'yiniga prognoz berdi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ilk stykov uchrashuvda Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingham Forest»ni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginning ta'kidlashicha, «Nottingham Forest» Angliya Premer-ligasida quyi o'rinlar atrofida bo'lsa-da, Yevropa Ligasida ancha munosib o'yin ko'rsatmoqda. Uning fikricha, bu juftlikda aniq favorit yo'q, shu bois eng mantiqli variant — gollar soniga e'tibor qaratish. Sharhlovchi 2-3 ta gol bo'lishini taxmin qildi.
«Fenerbahche» — «Nottingham Forest» uchrashuvi bugun, 19 fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!