Yevropa Ligasi pley-offida Fenerbahche va Nottingham uchrashadi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki styk o‘yinida Istanbulning “Fenerbahche” jamoasi “Nottingham Forest”ni qabul qiladi. Bahs arafasida futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin ushbu to‘qnashuv bo‘yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginning ta’kidlashicha, “Nottingham” APLda quyi pog‘onalar atrofida yurgan bo‘lsa-da, Yevropa Ligasi bahslarida munosib o‘yin ko‘rsatmoqda. Uningcha, bu uchrashuvda yaqqol favorit yo‘q, shu bois gollar bo‘yicha variantga e’tibor qaratish mantiqli: prognoz — 2-3 ta gol.
“Fenerbahche” — “Nottingham Forest” uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing