Osimxen Galatasarayda o'zini qulay his qilmoqda, lekin qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimxen hozircha Galatasaraydagi faoliyatidan mamnun va klubini o'zgartirish zaruratini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti ham, tarkibdagi o'rni ham yoqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasiga ko'ra, yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, bir nechta top-klublar Osimxenga qiziqish bildirishni ko'zlamoqda. Hozircha aniq muzokaralar yoki rasmiy aloqalar haqida gap yo'q.
Ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha hal qiluvchi so'z baribir Osimxenning o'ziga tegishli bo'ladi.
Osimxen Galatasaray safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!