Dibala Messi va Ronalduni birlashtiradigan jihatni aytdi

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatida Lionel Messi bilan ham, Krishtianu Ronaldu bilan ham bir jamoada to‘p surgan. U futbol olamidagi doimiy bahs — qaysi biri kuchliroq — mavzusiga munosabat bildirib, aniq tanlov qilishdan tiyildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dibalaning ta’kidlashicha, Messi va Ronaldu texnik jihatdan turlicha futbolchilar, biroq ruhiy tomondan juda o‘xshash: ikkisini ham g‘alaba qozonishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq birlashtiradi. Uning fikricha, har birining o‘ziga xos kuchli tomonlari bor, ammo ikkalasi ham maydonda doimo yuqori talab va agressiv raqobat bilan ajralib turadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri iqtibos keltirdi.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida sakkiz bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, Ronaldu esa besh marta ushbu sovringa ega chiqqan. Hozir Messi “Inter Mayami” safida, Ronaldu esa “Al-Nasr”da to‘p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!