date

Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga ko'chadi

Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga ko'chadi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares 2026 yil yozida «Barselona» safiga o'tishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kelishuv 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin rasmiylashtirilishi mumkin. TyC Sports jurnalisti Xyugo Balasson xabar berishicha, transfer qiymati taxminan 70 mln yevroni tashkil etadi.

Manbaga ko'ra, futbolchiga faqat kataloniyaliklar emas, boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. Alvaresning o'zi esa sovrinlar uchun jiddiy kurasha oladigan klubga o'tib, muhitni o'zgartirishni rejalashtirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha klub turnirlarida 35 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 100 mln yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga ko'chadi