Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme dueti yaqin vaqt ichida transfer yo‘nalishida faol ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham ancha tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga birinchi o‘rinni bo‘lishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!