date

Kompani eng katta taassurot qoldirgan futbolchini aytdi

Kompani eng katta taassurot qoldirgan futbolchini aytdi

Afsonaviy sobiq himoyachi, hozirda «Bavariya» bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Vensan Kompani futbolchilik faoliyatida unga eng qiyin bo‘lgan raqiblar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassis bu borada braziliyalik Ronaldinyo nomini alohida tilga oldi. U asosan «PSJ», «Barselona» va «Milan»dagi o‘yinlari bilan futbol muxlislariga yaxshi tanish.

«Menda eng kuchli taassurotni aynan Ronaldinyo qoldirgan. Ha, ehtimol Ronaldu va Messi eng zo‘r futbolchilar, ammo bitta o‘yin doirasida qoldirgan hissiyot va ta’sir haqida gapiradigan bo‘lsak, bu — Ronaldinyo», — dedi Kompani.

Eslatib o‘tamiz, sobiq markaziy himoyachi 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 2024 yil yozidan «Bavariya»ni boshqaradi va o‘tgan mavsum jamoani Bundesligadagi chempionlikka olib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani eng katta taassurot qoldirgan futbolchini aytdi