Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilyapti, ammo talab bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini almashtirish zarurati borligini his qilmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning muhiti va o'yin uslubi yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasi yozishicha, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klublar Osimhenga qiziqish bildirishni ko'zlamoqda. Hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer masalasi, eng avvalo, Osimhenning o'zi qanday qaror qabul qilishiga bog'liq bo'ladi.
Osimhen «Galatasaray» safida barcha musobaqalarda 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, 27 yoshli hujumchining bozor bahosi 75 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!