Argentina muhokamasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya Argentinaga qaytgach, ilk o'yinlarda natija ko'rsatdi, ammo keyinroq uning atrofida salbiy fon kuchaydi. Gap maydondagi o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligida: ular tajribali futbolchi to'qnashuvlarda tez-tez yiqilib, epizodlarni bo'rttirib ko'rsatadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati forumlarida «Rosario Sentral» futbolchisining harakatlari keskin tanqid qilinmoqda: ayrimlar hakamlar uning "fokuslari"ga chora ko'rmayotganini yozsa, boshqalar yulduz bo'lishiga qaramay bunday epizodlar haddan oshayotganini ta'kidlaydi. Shuningdek, di Mariya penaltini "so'rab" olishga urinadi degan e'tirozlar ham ko'paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing