date

Osimhen Galatasaraydan mamnun, ammo grandlar qiziqishi bor

Osimhen Galatasaraydan mamnun, ammo grandlar qiziqishi bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha Galatasaraydagi hayotidan mamnun va klubini o‘zgartirish zarurati borligini his qilmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va tarkib yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq The Touchline xabariga ko‘ra, yozgi transfer oynasi paytida bir nechta top-klub Osimhen bo‘yicha qiziqish bildirishi mumkin. Hozircha aniq muloqot yoki muzokaralar boshlanganiga doir ma’lumot yo‘q.

Manbada ta’kidlanishicha, ehtimoliy transfer masalasi avvalo futbolchining o‘zi qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Osimhen Galatasaray safida 64 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasaraydan mamnun, ammo grandlar qiziqishi bor