Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin e'tibor katta

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va yaqin paytda klubini o'zgartirish zarurligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa va muhit yoqayotgani ta'kidlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klublar Osimhen atrofida qiziqish bildirishni ko'zda tutmoqda. Biroq hozircha aniq takliflar, aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Manbada ehtimoliy transfer masalasida hal qiluvchi omil futbolchining o'zi bo'lishi qayd etilgan.
Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portalida 27 yoshli hujumchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing