date

Kompani eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchini aytdi

Kompani eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchini aytdi

«Bavariya» bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan mashhur sobiq himoyachi Vensan Kompani futbolchilik faoliyati davomidagi eng qiyin raqiblarini esga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassis alohida tarzda braziliyalik Ronaldinyoni tilga oldi. U faoliyati davomida «PSJ», «Barselona» va «Milan» safidagi o‘yinlari bilan keng tanilgan.

«Menda eng kuchli taassurot qoldirgani — Ronaldinyo. Ha, ehtimol, Ronaldu va Messi eng zo‘r futbolchilardir, ammo bitta o‘yindagi ta’sir va his-tuyg‘u nuqtayi nazaridan men uchun Ronaldinyo birinchi o‘rinda», — dedi Kompani.

Eslatib o‘tamiz, Kompani 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 2024 yil yozidan «Bavariya»ni boshqarib kelmoqda va o‘tgan mavsumda jamoani Bundesligada chempionlikka olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchini aytdi