date

Osimhen Galatasarayda o‘zini yaxshi his qilmoqda, top-klublar kuzatmoqda

Osimhen Galatasarayda o‘zini yaxshi his qilmoqda, top-klublar kuzatmoqda

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini almashtirish zaruratini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning ichki muhit hamda o‘yin uslubi ma’qul kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, yozgi transfer oynasi arafasida bir nechta top-klub Osimhenning vaziyatini diqqat bilan kuzatishi mumkin. Biroq ayni paytda aniq muzokaralar yoki rasmiy aloqalar yo‘q.

Manbada ta’kidlanishicha, ehtimoliy transfer bo‘lsa ham, barchasi Osimhenning shaxsiy qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda o‘zini yaxshi his qilmoqda, top-klublar kuzatmoqda