“Javohir istasa, Assubayevani kelin qilamiz” — Sindorovning buvisi fikr bildirdi

“Javohir istasa, Assubayevani kelin qilamiz” — Sindorovning buvisi fikr bildirdi
Qisqacha

Mana yangilikning qisqa xulosasi: Ijtimoiy tarmoqlarda shaxmatchi Javohir Sindorov va Bibisora Assubayevaning munosabatlari keng muhokama qilinmoqda. Sportchining buvisi agar Javohir ushbu qizga uylanishni istasa, oila bunga rozi ekanligini bildirdi. Hozirda har ikki grossmeyster Kiprdagi nufuzli turnirda ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etmoqdalar. Yosh shaxmatchilarning o'zaro munosabatlari bo'yicha rasmiy bayonoti hali berilmagan.

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan Nomzodlar turniri davomida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov hamda qozog‘istonlik Bibisora Assubayevaning o‘zaro munosabatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, Bibisora tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylanayotgan suratlar muxlislar o‘rtasida “ular shunchaki do‘stmi?” degan savollarni yanada kuchaytirdi.

Sindorovning buvisi ushbu vaziyatga munosabat bildirib, agar Javohir Bibisora bilan oila qurishni istasa, oila tomoni bunga qarshi emasligini ta’kidladi:

“Ularni bolaligidan yaxshi taniymiz, birga shaxmat o‘ynab katta bo‘lishgan. Qizning onasini ham bilaman. Hozircha ular faqat do‘st, lekin kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Agar Javohir shu qizni yaxshi ko‘raman, uylanaman desa, biz rozi bo‘lamiz. Ularning qiziqishlari va dunyoqarashlari bir-biriga yaqin”, deydi sportchining buvisi.

Hozirda har ikki shaxmatchi Kiprdagi nufuzli musobaqada ishtirok etmoqda. Javohir Sindorov turnir yakuniga bir tur qolganida g‘oliblikni amalda kafolatlab, jahon chempionligi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bibisora Assubayeva esa o‘z guruhida 7,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va yakuniy turda g‘oliblik uchun imkoniyatini sinab ko‘radi.

Shaxmatchilar hozircha o‘z munosabatlari haqida rasmiy bayonot bermagan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlar yosh grossmeysterlar bir-birini faol qo‘llab-quvvatlayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar