date

Oybek va Nigoraning yangi ijodi muxlislarni rom etdi: "Seni ko'rmasam" (mood video)

Oybek va Nigoraning yangi ijodi muxlislarni rom etdi: "Seni ko'rmasam" (mood video)

Xonandalar Oybek va Nigora muxlislariga yangi ijodiy ishini taqdim etdi. 16 aprel kuni ular “Seni ko‘rmasam” nomli taronasining premyerasini e’lon qildi.

Mazkur qo‘shiq mood video uslubida ishlangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi. YouTube platformasiga joylanganiga hali bir kun ham to‘lmasdan, videoklip 125 mingga yaqin tomosha yig‘di va yuzlab iliq izohlar bilan kutib olindi.

Tarona matni Elyor Maxsumov qalamiga mansub bo‘lib, unda sog‘inch, ayriliq va visolga bo‘lgan umid chuqur va ta’sirli tarzda ifoda etilgan. Musiqasi esa Oybek Alimov tomonidan yaratilgan bo‘lib, ohanglar qalb torlarini chertadi.

Oybek va Nigora dueti ushbu asarda muhabbat qissasini o‘ziga xos mahorat bilan kuylagan. Qo‘shiq tinglovchini shirin xotiralar sari yetaklab, ichki kechinmalarni yuzaga chiqaradi.

“Seni ko‘rmasam” — bu shunchaki qo‘shiq emas, balki sevgi, sog‘inch va ayriliq haqida yaratilgan ta’sirli musiqiy asar sifatida muxlislar qalbidan joy olmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Oybek va Nigoraning yangi ijodi muxlislarni rom etdi: "Seni ko'rmasam" (mood video)