Lautaro Martines tiklanish muddatini bilib oldi va finalga ulgura oladi

“Inter”ning so‘nggi uchrashuvida jarohat olgan hujumchi Lautaro Martinesning ahvoli bo‘yicha dastlabki tashxis ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Esteban Edul xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchida boldir mushagining ikkinchi darajali cho‘zilishi aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Taxminlarga qaraganda, Martines taxminan 18 kun ichida safga qaytadi. Shu bois u Argentina terma jamoasining Ispaniyaga qarshi final uchrashuviga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Jamoalar 27 mart kuni Finalissima doirasida sovrin uchun bahs olib boradi. Unda amaldagi Amerika Kubogi g‘olibi va Yevropa chempioni to‘qnash keladi.
Ayni paytda “Inter” Italiya A Seriyasida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi “Milan” yetakchidan yetti ochko ortda bormoqda. “Inter”ning navbatdagi o‘yini 21 fevral kuni “Lechche”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!