Viktor Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilmoqda

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha “Galatasaray”dagi faoliyatidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va tarkib yoqayotgani ta'kidlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishga tayyor. Ammo hozircha aniq murojaatlar, muzokaralar yoki rasmiy aloqalar qayd etilmagan.
Manbada qayd etilishicha, ehtimoliy kelishuvlarning barchasi avvalo Osimhenning o'zi qanday qaror qabul qilishiga bog'liq bo'ladi.
Osimhen “Galatasaray” safida 64 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!