date

Osimhen Galatasarayda baxtli, top-klublar ham kuzatmoqda

Osimhen Galatasarayda baxtli, top-klublar ham kuzatmoqda

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini almashtirishga ehtiyoj sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning muhiti va tarkib yoqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline manbasi yozishicha, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhen bo‘yicha qiziqish bildirishi mumkin. Hozircha esa aniq aloqa yoki muzokaralar boshlanganiga doir ma’lumot yo‘q.

Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer bo‘yicha yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 27 yoshli hujumchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda baxtli, top-klublar ham kuzatmoqda