Yelagin Fenerbahche va Nottingham Forest o'yini uchun taxmin berdi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichining ilk styk uchrashuvida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingham Forest»ni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelagin ta'kidlashicha, «Nottingham Forest» APLda quyi pog'onalar atrofida yurgan bo'lsa-da, Yevropa Ligasida ancha munosib o'yin ko'rsatmoqda. Sharhlovchi yaqinlashib kelayotgan to'qnashuvda yaqqol favorit yo'qligini aytib, gollar variantiga e'tibor qaratdi: uning prognoziga ko'ra, o'yinda 2-3 ta gol urilishi mumkin.
«Fenerbahche» — «Nottingham Forest» uchrashuvi bugun, 19 fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. Bahs 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing