date

Arsenal vingeri Madueke o'zi haqida fikrlarga javob berdi

Arsenal vingeri Madueke o'zi haqida fikrlarga javob berdi

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Noni Madueke jamoatchilik uning fe'l-atvori haqida noto'g'ri tasavvurga ega ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli vingerning so'zlariga ko'ra, ba'zilar uni kibor, o'ziga ortiqcha ishonadigan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi deb hisoblaydi. Madueke esa buni inkor etib, aksincha, doim o'z ustida ishlashga va darajasini oshirishga intilishini ta'kidladi. U ishiga jiddiy yondashishini muxlislar bilishi kerakligini qo'shdi.

Joriy mavsumda Madueke 26 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. O'tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 mln yevro evaziga transfer qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal vingeri Madueke o'zi haqida fikrlarga javob berdi