Osimhen Galatasarayda o'zini qulay his qilmoqda, ammo kuzatuvchilar bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha "Galatasaray"dagi holatidan mamnun va klubini almashtirish zarurligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti ham, tarkibdagi roli ham ma'qul. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishni rejalashtirmoqda. Hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqa yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer masalasi, avvalo, Osimhenning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
Osimhen "Galatasaray" safida 64 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!