Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Zhorzhe Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligi sababini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz forvard tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu uchrashuvda ham tarkibda bo'lmaydi.
"Zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qildik. Oldinda "Al-Fateh"ga qarshi juda muhim o'yin turibdi", — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning safardagi o'yinlarni o'tkazib yuborishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda birinchi marta qatnashmayotgani yo'q.
Saudiya chempionatida "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!