Osimhen Galatasarayda o'zini erkin his qilmoqda, ammo talab bor

Viktor Osimhen hozircha Galatasaraydagi hayotidan mamnun va klubni o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik hujumchiga jamoa muhiti va o'yin uslubi ma'qul kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishni ko'rib chiqadi. Hozircha esa aniq muzokaralar yoki rasmiy aloqalar yo'q.
Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer masalasi eng avvalo futbolchining shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
Osimhen Galatasaray safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli forvardning bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing