Barselona prezidentligiga nomzod Keynni olib kelmoqchi

Kataloniyaning «Barselona»si tarixan ingliz futbolchilari bilan unchalik chiqishmagan, biroq so‘nggi paytda vaziyat o‘zgarmoqda: jamoada allaqachon Markus Reshford to‘p surmoqda. Endilikda esa kelajakda uning hujumdagi sherigi Garri Keyn bo‘lishi ham mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub prezidentligiga nomzod Xavyer Vilyaoana saylovda g‘alaba qozonsa, ingliz hujumchisini «Barselona»ga taklif qilishni maqsad qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Keyn atrofidagilar bilan aloqa yo‘lga qo‘yilgan va muzokaralarda professional yondashuv muhim.
«Biz uning atrofidagilar bilan aloqadamiz. Professional ishlash kerak. Keyn jarima maydonida “killer”. “Barselona”ga shunday futbolchi zarur», — deya Vilyaoananing fikrlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski 2022 yilda aynan «Bavariya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!