date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e'lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta'kidlanmoqda. Shu bois Delgadoning asosiy vazifasi Rikelme bilan birga transferlar va jamoani mustahkamlash bo'yicha yechimlarni tezroq topishdan iborat bo'ladi.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig'ida 18 ta uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko'p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. U bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi