Osimhen Galatasarayda o‘zini yaxshi his qilmoqda, lekin qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini o‘zgartirish zarur deb hisoblamayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti ham, o‘yin uslubi ham yoqayotgani qayd etilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasiga ko‘ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga jiddiy e’tibor qaratishi mumkin. Biroq ayni paytda aniq muzokaralar yoki bevosita aloqalar bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer masalasida asosiy hal qiluvchi omil — Osimhenning shaxsiy qarori bo‘ladi.
Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!