Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin da'vogarlar bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini almashtirish zarurligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va hozirgi sharoitlar yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klublar Osimhenga qiziqish bildirishni ko'zlamoqda. Ayni paytda esa aniq takliflar, aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transferning taqdiri ko'p jihatdan Osimhenning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
Viktor Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing