date

Marselning yangi murabbiyi ishonchda pasayish borligini aytdi

Marselning yangi murabbiyi ishonchda pasayish borligini aytdi

"Marsel" bosh murabbiyi Habib Beye yangi jamoasidagi ilk uchrashuvdan keyin fikr bildirdi. Uning jamoasi Fransiya chempionatining 23-turida "Brest"ga safarda 0:2 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, birinchi bo'limda jamoa yetarlicha yuqori temp ko'rsata olmadi. Ikkinchi bo'limdagi taktik o'zgarishlar va penalti epizodi o'yin sur'atini burib yuborishi mumkin edi, biroq bu g'alaba uchun kifoya qilmadi.

Beye, shuningdek, jamoada ishonch biroz susayganini yashirmadi: so'nggi natijalardagi salbiy kayfiyat futbolchilarga ta'sir qilmoqda. Murabbiy o'yinchilarni ijobiy ruhda qolishga va mashg'ulotlarda ishlashga to'liq e'tibor qaratishga chaqirdi.

Hozirda "Marsel" turnir jadvalida 40 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselning yangi murabbiyi ishonchda pasayish borligini aytdi