Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grand-klubi “Boka Xuniors” sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini qisqa muddatda kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Shu bois Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda seleksiya masalalarida tezkor yechimlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu natijani “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing