Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori bo‘yicha yangi qarorini e’lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj. Shu sababli Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda seleksiya masalalarida tezkor yechimlar topishi kerak bo‘ladi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
2003 yilda esa Delgado Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — u bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!