Slutskining Shanxayi Osiyo CHLda Buriramga yutqazdi

“Shanxay Shenshua” Osiyo Chempionlar ligasining yettinchi turidan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinishi edi, biroq bu safar ham “eshikni qars” yopib ketishning iloji bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” birinchi bo‘limning dastlabki qismidayoq ikkita gol urib, o‘yinni o‘z iziga solib oldi. Tez orada “Shanxay Shenshua” futbolchisining maydondan chetlatilishi intriga qolishiga deyarli yo‘l qo‘ymadi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenshua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing