date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlangani rasman e’lon qilindi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shuning uchun Delgado va Rikelme oldida transferlar bozorida aniq yechimlar topish, jamoani qisqa muddatda mustahkamlash vazifasi turibdi.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — u bu borada «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi