Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi va Istanbul Bashakshehir klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng ko'p samaradorlik ko'rsatayotgan o'yinchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21-fevral holatiga ko'ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U turnir to'purarlari ro'yxatida ham birinchi o'rinda bormoqda.
Galatasaray yulduzlari bilan solishtirganda, Shomurodovning ko'rsatkichlari ancha yuqori: Mauro Ikardida barcha o'yinlarda 13 ta gol bor, Viktor Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p tepayotgan O'zbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!