Garri Keyn Barselona bilan gap-so'zlarga munosabat bildirdi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn uning «Barselona»ga ehtimoliy ko‘chishi haqidagi xabarlar yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti Havyer Vilahoana ingliz futbolchisi bo‘yicha muzokaralar borligi haqida ma’lumot bergandi.
Keyn Sky Sport’ga bergan intervyusida bu borada aniq gaplarni aytdi: «Bunday narsani eshitmaganman. Bu masalalar bilan otam va akam shug‘ullanadi, ammo ular menga hech nima demagan. Men faqat shuni takrorlayman: hozir «Bavariya»da baxtliman, butun e’tiborim amaldagi klubimda. Shunga qaramay, bunday so‘zlarni iltifot sifatida qabul qilaman», dedi hujumchi.
32 yoshli futbolchining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» uni Robert Levandovski o‘rniga munosib voris sifatida ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!