date

Garri Keyn Barselona bilan muzokaralar haqidagi gaplarga javob berdi

Garri Keyn Barselona bilan muzokaralar haqidagi gaplarga javob berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn uning «Barselona»ga ehtimoliy transferi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar prezidenti Xavyer Vilaxoana yaqinda ingliz futbolchisi tomon bilan aloqalar bo‘layotgani haqida gapirgandi.

Keyn esa Sky Sport’ga bergan intervyusida bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi: «Men bu haqda hech narsa eshitmaganman. Bu ishlar bilan otam va akam shug‘ullanadi, lekin ular menga bu haqida hech narsa demagan. Men faqat shuni takrorlayman: «Bavariya»da o‘zimni baxtli his qilyapman va bor e’tiborim hozirgi klubimda. Shunga qaramay, bu gaplarni kompliment sifatida qabul qilaman», — dedi u.

32 yoshli forvardning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» Keynni Robert Levandovskining bo‘lajak o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Barselona bilan muzokaralar haqidagi gaplarga javob berdi