date

Varmyuz Lans chempion bo‘lishiga ishonishini aytdi

Varmyuz Lans chempion bo‘lishiga ishonishini aytdi

“Lans”ning afsonaviy darvozaboni Giyom Varmyuz klub o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. Uning fikricha, parijlik “PSJ”ning Fransiya chempionatidagi ustunligiga jiddiy qarshilik ko‘rsatayotgan “Lans” yana bir bor tarixiy natijaga erishishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

1998 yilda “Lans” safida chempionlikni qo‘lga kiritgan Varmyuz hozirgi jamoa ham o‘sha muvaffaqiyatni takrorlash salohiyatiga ega ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, rahbariyatning asosiy maqsadi Chempionlar ligasi zonasi bo‘lishi mumkin, biroq ayni paytda jamoa chempionlik poygasida ham real da’vogarga aylangan.

“Agar ‘Lans’ aprelgacha hozirgi o‘rnini saqlab qolsa, bu chempionlik uchun juda kuchli ariza bo‘ladi. Lansda hamma ishonadi — jamoa sovrin uchun kurashyapti”, — deya Varmyuz so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Biroq shanba kungi bahsda “Lans” sobiq posbonini ranjitdi: “Monako”ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa ikkinchi taymda uch marta gol o‘tkazib yubordi va yakunda mag‘lub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Varmyuz Lans chempion bo‘lishiga ishonishini aytdi