Makarov jarohatdan forig‘ bo‘ldi va umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tamoqda

Qanot hujumchisi Denis Makarovning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Aleksey Babir mijozining ayni paytdagi holati haqida ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning «Dinamo» klubidan Turkiyaning «Kayserispor» jamoasiga o‘tgan futbolchi yaqinda yengil shikast olgandi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, Makarov to‘liq tiklangan va butun hafta davomida jamoa bilan umumiy guruhda to‘liq yuklama bilan ishlamoqda. U klubga tez moslashgan, o‘zini qulay his qilmoqda, biroq kichik jarohat sababli start tarkibidan joy olish biroz kechikkan.
Ma’lumki, Makarov Turkiya chempionatida hozircha bitta o‘yinda maydonga tushib, 30 daqiqa harakat qilgan.
Yakshanba kuni «Kayserispor» Turkiya chempionati 23-turi doirasida «Antalyaspor»ga qarshi bahs o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!