date

Arbeloa Realdagi futbolchilarga ishonchini yo'qotmadi

Arbeloa Realdagi futbolchilarga ishonchini yo'qotmadi

Shanba kuni La Liga doirasida Madridning «Real» jamoasi safarda «Osasuna»ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi va bu natija ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qaymoqranglilar»ning yagona goliga 73-daqiqada Vinisius Junior mualliflik qildi. Biroq mezbonlar 90-daqiqada hal qiluvchi zarbani berib, uch ochkoni ilib ketdi.

Uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida jamoasiga ishonishini ta'kidladi: «Men o'z futbolchilarimga ishonaman. Oldinda juda uzun masofa bor, har bir o'yinda g'alaba qozonishning iloji yo'q. Hozir vahimaga tushish va muvaffaqiyatga ishonchni yo'qotish vaqti emas».

Shunga qaramay, «Real» turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va «Barselona»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. Yakshanba kuni kataloniyaliklar uyida «Levante»ni mag'lub etsa, yana birinchi o'ringa qaytishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Realdagi futbolchilarga ishonchini yo'qotmadi