date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina giganti «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni olib keldi. Klub rahbariyati uning ishini prezident Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Jamoa tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, Delgado va Rikelme oldida aynan shu yo‘nalishda muhim vazifalar turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik davrida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, o‘z nomini turnir tarixiga yozdirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi