Luis Enrike PSJ uchun 1 8 finaldagi qulay raqibni aytdi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasi uchun qaysi raqib ma'qulroq bo'lishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi pley-off saralash bosqichida "Monako"dan o'ta olsa, keyingi raundda "Barselona" yoki "Chelsi" bilan to'qnash keladi. Ilk uchrashuvda PSJ safarda monakoliklarni 3:2 hisobida mag'lub etgan.
Enrikening ta'kidlashicha, u ehtimoliy raqiblar ichida "Chelsi" variantini afzal ko'radi. Murabbiy "Barselona"ning o'yini ancha ishonchli ekani, jamoa to'pni nazorat qilishi, yuqoridan bosim qilishi va bir lahzada natijani hal qila oladigan futbolchilarga boyligini qayd etdi.
"Barselona" optimal holatida bo'lsa, uni to'xtatish juda mushkul, deya qo'shimcha qildi Enrike. Uning fikricha, kataloniyaliklarga qarshi o'ynashda faqat jamoaga emas, balki butun bir g'oyaga ham qarshi kurashishga to'g'ri keladi.
Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari mart oyida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!