Karim Benzema Al-Hilol murabbiyi bilan tanaffusda tortishdi

«Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema yaqinda o‘tgan o‘yin tanaffusida jamoa murabbiyi bilan janjallashib qoldi. Bu haqda Ball Zone xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, fransuz forvardning klubga kelishi kiyinish xonasidagi muhitni taranglashtirgan. Ayrim futbolchilar esa «Al-Hilol»ning Benzema bilan shartnoma tuzgani borasida keyinroq afsus bildirayotgani aytilmoqda.
38 yoshli Benzema qishki transfer oynasida «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tib, 1,5 mavsumga mo‘ljallangan kelishuv imzolagan. U yangi jamoa safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
«Al-Hilol» so‘nggi turda «Al-Ittihod» bilan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi — 1:1. Ushbu natijadan so‘ng klub Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!