date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaymoqda

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaymoqda

“Konyaspor”dan kutilmaganda yengilgach, “Galatasaray” atrofida klub ichidagi vaziyatga oid noxush gap-so‘zlar ko‘paydi. TR24 xabariga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat bo‘yicha izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirdi.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada o‘yini bor “Fenerbahche” “Galatasaray”ni quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaymoqda