Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina futbolining grand klublaridan biri “Boka Huniors” sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurligi ta’kidlanmoqda va rahbariyat ushbu yo‘nalishda aniq qadamlar tashlash niyatida. Endi Delgadoning asosiy vazifalaridan biri ham aynan transfer va jamoani mustahkamlash masalalarida Rikelme bilan birga ishlash bo‘ladi.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli tajribaga ega: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. U bu borada “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqa to‘purariga aylangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!