Nepomnyashchiy Rossiya uchun har qanday raqib mos keladi deydi

Rossiyalik mutaxassis Valeriy Nepomnyashchiy Rossiya va Mali o'rtasida bo'lib o'tadigan BetBoom o'rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Bahs 27 mart kuni o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nepomnyashchiyning ta'kidlashicha, hozirgi izolyatsiya sharoitida Rossiya uchun istalgan raqib qulay variant hisoblanadi. U Mali mutlaq favorit emasligini qayd etar ekan, baribir o'yin oson kechmasligini aytdi. Murabbiy Afrika terma jamoalarini uslubiga ko'ra ham ajratib o'tdi: Senegal va Kamerun kabi texnik jamoalar bor, Gana hamda Mali esa ko'proq inglizcha — kuch va yuqori tempga tayanuvchi futbol namoyish etadi.
Ma'lumot uchun, Mali FIFA reytingida 54-o'rinda bormoqda, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya esa 36-pog'onani egallab turibdi. Bu ikki terma jamoa avval hech qachon o'zaro to'qnash kelmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!