Galatasarayda maoshlar bo‘yicha muammolar yuzaga chiqdi

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga tayangan holda aytilishicha, bu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o‘yini bor «Fenerbahche» yaqin orada ularga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing