Slutskyi boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenyxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskyi jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» ham amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning dastlabki qismidayoq ketma-ket ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta ustunlikni ikkitaga oshirdi.
Tez orada «Shanxay Shenyxua» maydonda bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli butunlay so'nishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskyining «Shanxay Shenyxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!